Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ruminiyada MiG-21 qiruvchisi halokatga uchradi
Ruminiya harbiy havo kuchlarining MiG-21 Lanser qiruvchi samolyoti Feteshtdagi harbiy havo bazasidan 10 km uzoqlikda falokatga uchradi. Bu haqda Ruminiya Milliy mudofaa vazirligi matbuot xizmatiga asoslanib, «RIA Novosti» xabar bermoqda.
Vazirlik bayonotida aytilishicha, 7 iyul, shanba kuni Feteshtdagi 86-harbiy bazadan havoga ko‘tarilgan MiG Lanser samolyoti taxminan soat 13:30larda havo bazasidan 10 km shimolda qulab tushgan. Hozirda uchuvchining ahvoli, u halokatdan oldin samolyotni tark etishga ulgurgani yo ulgurmagani noma'lumligicha qolmoqda.
Ma'lum bo‘lishicha, halokat bazada o‘tkazilayotgan harbiy ko‘rgazma amaliyotlari vaqtida yuz bergan. Havo bazasi rahbariyati favqulodda holatlar rejasini amalda qo‘llab ko‘rayotgan bo‘lgan.
«Birinchi navbatda samolyotni boshqargan uchuvchi haqida o‘ylamoqdamiz, uning holatini bilishimiz kerak. To‘la mas'uliyatni zimmamga olgan holda aytishim mumkinki, Ruminiya harbiy-havo kuchlari uchuvchi apparatlari to‘liq soz holatda», - dedi mamlakat mudofaa vaziri Mixay Fifor Romania TV`dagi chiqishi vaqtida.
Voqea yuzasidan taftish o‘tkazish uchun Ruminiya mudofaa vazirligi qoshida maxsus komissiya tuzilgan.
Qayd etish joiz, bundan bir yil avval ham Ruminiyaning xuddi shu rusumdagi qiruvchi samolyoti mashg‘ulotlar vaqtida halokatga uchragandi. O‘shanda samolyot uchuvchisi katapulta qilishga ulgurgan, biroq umurtqasidan jarohat olgandi.
Mavzuga oid
08:28 / 03.06.2026
Ruminiya 298 ta Lynx jangovar mashinasini xarid qiladi
18:37 / 29.05.2026
Rossiya droni Ruminiyadagi uyga kelib urildi
12:27 / 13.03.2026
Ukraina va Ruminiya harbiy dronlarni birgalikda ishlab chiqaradi
18:37 / 15.01.2026