12 iyunda Ruminiyada uşbu davlat harbiy-havo kuçlarining MiG-21 Lancer qiruvçi samolyoti falokatga uçradi. Voqea Konstansa uyezdida samolyot Ruminiya va Bolgariyaning “Frakiya burguti-2017” harbiy maşğulotlari doirasida maşğulot parvozini bajarayotganda yuz bergan.
Şunisi ma'lumki, samolyot Mixail Kogelniçanu nomidagi harbiy bazadan havoga kötarilgan. Uçuvçi qöniş vaqtida dvigatelda jiddiy nosozliklar borligini ma'lum qilgan. Ruminiya mudofaa vazirligi saytida ma'lum qilinişiça, uçuvçi katapulta qilişga ulgurgan, biroq umurtqasidan jarohat olgan. U behuş holda topilib, şifoxonaga jönatilgan.












