Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qurol savdosiga qarshi chiqqan namoyishchilar Chikagodagi shosseni to‘sib qo‘yishdi
Foto: AP
AQShda qurol savdosiga qarshi kurashni kuchaytirish tarafdorlari yirik norozilik namoyishi tashkil etishdi va Chikagodagi avtoshosselardan birini to‘sib qo‘yishdi, deb xabar berdi CNN.
Xabarga ko‘ra, namoyishchilar shahardagi avtotrassalardan birida yurish uyushtirishgan. Avvaliga politsiya yo‘lni to‘sishga uringanlar hibsga olinishini ma'lum qilgan. Lekin keyinroq hukumat namoyishga ruxsat berdi.
Namoyishchilar norozilik aksiyasi orqali o‘qotar qurollar sababli har yili yuzlab kishilar halok bo‘ladigan Chikago shahridagi vaziyatga jamoat e'tiborini jalb qilish niyatida ekanliklarini bildirishdi. Ular qurol savdosiga qarshi qonunlarni yanada kuchaytirishni so‘rashmoqda.
Chikago AQShdagi jinoyatchilik eng ko‘p sodir etiladigan shaharlardan biridir. Shahar politsiyasining ma'lumotiga ko‘ra, joriy yilning birinchi yarim yilligida shaharda 1,1 ming martadan ortiq o‘qotar quroldan foydalanish holati va 250ta qotillik qayd etilgan. Associated Press agentligining qayd etishicha, aksariyat jinoyatlar shaharning kam daromad topadigan qora tanli aholi yashaydigan tumanlarida sodir etiladi.
Mavzuga oid
22:57 / 02.02.2026
Tramp Rossiya neftidan voz kechish evaziga Hindiston uchun bojlarni pasaytirdi
17:29 / 02.02.2026
BAAga aloqador kompaniya Trampning kripto biznesida katta ulushdor ekani ma’lum bo‘ldi
17:08 / 02.02.2026
Grenlandiyaning tub aholisi kimlar va u qanday qilib Daniyaga tegishli bo‘lib qolgan? AQSh nega bu orolga qiziqmoqda?
15:12 / 02.02.2026