Jamiyat | 21:30 / 08.07.2018
71628
3 daqiqa o‘qiladi

U ayol, u ona, u boquvchi va u yordamga muhtoj...

O‘tgan yili Ravshanbekning onasi Dilnoza Polvonova KUN.UZ tahririyatiga murojaat qilgan edi. Shu sabab baxtsiz hodisa sabab qo‘lidan ayrilgan o‘g‘li Ravshanbek uchun xayriya aksiyasi uyushtirilgan edi. Yig‘ilgan pullar evaziga bola Moskvaga borib, yangi sun'iy qo‘l bilan ta'minlangandi.

Insonning taqdiri qiziq, insonning taqdiri ajoyib. Gap shundaki, Dilnoza opa 5 yildan beri o‘zgalar uyida xo‘jayini va 4 farzandi bilan ijarada yashab kelmoqda. Turmush o‘rtog‘i jigar sirrozi kasaliga chalingan. Farzandiga yig‘ilgan, hayriya aksiyasidan ortgan mablag‘ni to‘plab (3500 dollar), vatanli bo‘lish uchun yer sotib olishni maqsad qilgan ekan, sho‘rlik ayol. 

Yaxshi insonlar ko‘magida Toshkent viloyati, Toshkent tumani, “Ko‘ksaroy” MFY, “Oqtom” mahallasi, Tinchlik ko‘chasidan 4 sotix sotiladigan bo‘sh yer topgan. Yerning umumiy narxi 4000 dollarni tashkil etadi. Yerni to‘liq sotib olish uchun 500 dollar mablag‘ zarur bo‘lgan. Shunday bo‘lsa ham, yerning rasmiylashtirish ishlarini boshlagan. Lekin shu o‘rinda yana muammoga duch kelgan. Qonun talablari bo‘yicha kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish uchun binoning asosi qurilgan bo‘lishi talab qilinar ekan. Biroq qurilish ishlarini boshlash uchun Dilnoza opada bunday mablag‘ yo‘q. Hattoki rasmiylashtirish ishlariga ham mablag‘ yetmay turibdi. 

Dilnoza opa oilaning yagona boquvchisi. Ayol boshi bilan Toshkent shahri Chorsu bozorida sabzavotlarni olib-sotish bilan shug‘ullanadi. Farzandlari onalariga yordamlashib turadi. Oilaning boshqa hech qanday daromadi yo‘q. Oila juda nochor ahvolda. 

Alloh o‘zining muborak kalomida shunday deydi: “Albatta, Biz iymon keltirgan va yaxshi amallar qilganlarning, go‘zal ish qilganlarning ajrini zoye qilmasmiz” (Kahf surasi 30-oyat).

Azizlar, shu oiladan o‘z yordamimizni ayamaylik. Zora qilgan ezgu amallarimiz sabab qalblarimiz  rohatlanib, gunohlardan forig‘ bo‘lsak. Nochor  oila ham uyli-joyli bo‘lib, sizlarga savobi yog‘ilib yo‘lingizga shamchiroq bo‘lib tursin.

Xayriya qilmoqchi bo‘lganlar uchun:

O‘zbekiston hududidan yordam qilmoqchi bo‘lganlarga bank ma'lumotlari:

8600 0417 3596 5247 (Payme/Click)
POLVONOVA DILNOZA

Agrobank ATB
MFO: 00394
INN: 201 200 124
Naqd pul topshirganda: 2311 6000 6000 0039 4001
Mijoz arizasiga asosan kartadan kartaga pul o‘tkazilganda: 2311 8000 4000 0039 4001
Boshqa tashkilotlardan kelib tushgan mablag‘lar tranziti: 2312 0000 9000 0039 4001

Rossiya hududidan yordam qilmoqchi bo‘lgan yurtdoshlarimiz uchun bank ma'lumoti:

4276 5500 9229 4910 (SBeRBANK)
DILNOZA POLVONOVA

Aloqa uchun:  +99894 687 8709

Mavzuga oid