12 yoşli Ravşanbek yaxşilar kömagi va saxovati ila yangi qöl bilan Toşkentga qaytib keldi. 7 yoşida köngilsiz voqea tufayli öng qölidan ayrilgan Ravşanbek tanadagi özgarişlar, organizm ösişi oqibatida köp muolajalar qabul qilişga majbur bölgandi.
Yodingizda bölsa, ötgan yili Ravşanbekning onasi Dilnoza Polvonova Kun.uz’ga murojaat qilgandi. Şundan söng uning öğli uçun xayriya aksiyasi ötkazilib, yiğilgan pullar evaziga bolaning muolajasi davom ettirilgan. Ona öğlini Toşkentdan berilgan yöllanma bilan Rossiyaning Sankt-Peterburg şahriga olib bordi. U yerda şifokorlar Ravşanbekni tekşirib, unga protez qöl qöyiş uçun dastlabki harakatlarni boşladi.

Uşbu jarrohlik amaliyoti 25 ming dollar mablağ evaziga amalga oşirilişi ma'lum bölgaç, xayriya aksiyasi natijasida yiğilgan mablağlar xarajatlarni töliq qoplamasligi yaxşilarning kömagi oldida heç narsa bölmay qoldi. Ular barça qiyinçilikni ortda qoldirib, Özbekistonga omon qaytib kelişdi.

4 farzandni yolğiz ulğaytirayotgan onaga ikkinçi farzand bölmiş Ravşanbek qöl qöydirib, dastyor bölişni istaydi. Ayni paytda Ravşanbek xalqi uçun nafi tegadigan huquqşunos-yurist bölib xizmat qilmoqçiligini, yaxşi öqib, doimo yaqinlarini xursand qilişini aytdi. Biz mazkur xayriya aksiyasida iştirok etgan, Ravşanbekni moddiy va ma'nan qöllab turgan Kun.uz öquvçilariga öz minnatdorligimizni bildiramiz.
Mover.uz'da köriş












