Jamiyat | 11:20 / 08.07.2018
18994
1 daqiqa o‘qiladi

«O‘zbekiston temir yo‘llari» muhandisi firibgarlikda gumonlanib qo‘lga olindi

Toshkent shahar IIBBga 7 500 AQSh dollari evaziga Toshkent temiryo‘l muhandislari institutiga o‘qishga olib kirishga va'da bergan Sh.Nurmuhammad (ismi o‘zgartirilgan)ga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishini so‘rab uning qarindoshi ariza bergan, deb xabar berdi IIBB matbuot xizmati.

Xabarda aytilishicha, Bosh boshqarmaning Iqtisodiy xavfsizlik va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning ixtisoslashgan qurilish-montaj podstansiyasi muhandisi - 26 yoshli Sh.Nurmuhammad qo‘lga olingan.

«Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168- («Firibgarlik») va 211- («Pora berish») moddalari bilan jinoiy ish qo‘zg‘atildi», - deyiladi xabarda.

Mavzuga oid