Jamiyat | 18:13 / 09.07.2018
2984
2 daqiqa o‘qiladi

AT Xalq banki ko‘p funksiyali bankomatlar sotib olish bo‘yicha tanlov e'lon qiladi

Foto: Xalq banki

Tanlov maqsadi: Aktsiyadorlik tijorat Xalq bankiga 14 dona ko‘p funksiyali bankomat (Cash in/Cash out, Recycling) sotib olish.

Tanlov komissiyasi ishchi organi manzili: Aktsiyadorlik tijorat Xalq banki, 100000, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Qatortol ko‘chasi, 46 uy.

Qo‘shimcha ma'lumotlar uchun Nazarov Farrux (97) 745-31-81, Ergashev Odil
(94) 610-55-75.

Tanlovda ishtirok etuvchilar uchun talab:

- Taklif etilayotgan bankomatlar dasturiy ta'minoti UzCard to‘lov tizimiga mos bo‘lishi (Protsessing markazlari bilan yozishmasi) kerak;

- Bankomatlarning kafolat muddati 1 yildan kam bo‘lmasligi kerak;

- Tanlov shartlari bo‘yicha batafsil ma'lumotlarni www.xb.uz saytidan, shuningdek, dushanba-juma kunlari soat 09-00 dan 18-00 ga qadar yuqorida ko‘rsatilgan manzil va telefonlar orqali olish mumkin.

Tijorat takliflar (texnik talablar bo‘yicha alohida, narxlari bo‘yicha alohida konvertga joylangan va tashkilot muhri bilan muhrlangan bo‘lishi lozim) 2018 yilning 25 iyul kuni soat 18:00 ga qadar qabul qilinadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid