Jahon | 16:51 / 09.07.2018
16984
1 daqiqa o‘qiladi

Kim Chen In samolyotini Vladivostokda ko‘rishdi

Foto: AP

KXDR yetakchisi Kim Chen Inning samolyotini 9 iyul kuni Rossiyaning Vladivostok shahrida ko‘rishdi. Bu haqda Yonhap agentligi Flightradar24 portali ma'lumotiga asoslangan holda xabar qilmoqda. 

Agentlikka ko‘ra, Chammae-1 samolyoti Rossiya aeroportiga «kunduzi» qo‘ngan va 3 soatdan so‘ng Pxenyanga qaytgan. Agentlik samolyotning aniq qo‘nish vaqtini keltirmagan.

Shu bilan birga, samolyot bortida KXDR yetakchisi bo‘lgan-bo‘lmagani noma'lum. Agentlik suhbatdoshlari, Vladivostokka Sh.Koreyaning rasmiy shaxslari uchganini taxmin qilishgan. 

Iyun oyi boshida Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Vladimir Putin va Kim Chen In Vladivostokda bo‘lib o‘tadigan iqtisodiy forumda uchrashishi mumkinligi haqida ma'lum qilgan edi. Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe ham ayni tadbirni KXDR yetakchisi bilan uchrashish imkoniyati sifatida baholamoqda.

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid