Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyoning eng qadimiy bo‘yoqlari aniqlandi
Avstraliyalik olimlar Sahroi Kabirda dunyoning eng qadimiy biologik bo‘yoqlarini topishga muvaffaq bo‘lishdi. Ushbu topilma murakkab jonzotlar nima uchun yaqindagina yuzaga kelganini tushunishga ko‘mak beradi, deyiladi New Straits Times nashrida.
Manbaga ko‘ra, bo‘yoqlar bundan taxminan 1,1 milliard yildan ziyod oldin sodda mikroskopik organizmlar tomonidan ishlab chiqilgan pushti pigmentlar bo‘lib, ularning yoshi shu kungacha topilgan eng eski pigmentlardan 500 million yilga kattadir.
Avstraliya Milliy universiteti olimi Yoxen Broks qadimiy pigmentlarning yoshi tirannozavrlar yoshidan 15 baravar katta ekanini ma'lum qilgan.
Sahroi Kabirda aniqlangan bo‘yoqlar nima uchun Yer sayyorasi bundan 4,5 milliard yil avval paydo bo‘lgan bo‘lsa-da, sayyoramizdagi murakkab o‘simlik va jonivorlar nisbatan yaqin o‘tmishda, ya'ni bundan 600 million yil oldin yuzaga kelganini aniqlashga yordam beradi, deb hisoblashmoqda olimlar.
Bundan oldingi ilmiy ishlarda kislorod miqdorining kam bo‘lgani murakkab jonzotlar evolyutsiyasiga to‘sqinlik qilgan, deyiladi. Biroq sianobakteriyalarning bundan 1,1 milliarddan ziyod yil avval mavjud bo‘lgani ularning suv o‘tlarini siqib chiqarganini ko‘rsatadi.
Suv o‘tlari, mikroskopik bo‘lsa-da, sianobakteriyalardan minglab marta katta hajmga ega va ancha boy ozuqa manbai hisoblanadi, deyiladi manbada.
Tsianobakteriyalar okeanlari taxminan 650 million yil ilgari yo‘qola boshlagan.
Qadimiy bo‘yoqlar neft shirkati G‘arbiy Afrikada qazib olingan toshlarni laboratoriyaga yuborishi natijasida tasodifan aniqlangan.
Pigmentlar o‘simlik va ba'zi mikroskopik hayot shakllariga yorug‘likni energiyaga aylantirish imkonini beruvchi kimyoviy modda - xlorofillning toshdek qotgan reliktlari hisoblanadi.
Olimlarning aytishlaricha, ular topgan pushti bo‘yoq dastlab ko‘k-yashil ranglarda bo‘lgan.