Fotosuratçi Karim Buçetata uşbu noodatiy hodisa suratlari bilan Instagram’da bölişdi. U Jazoirdagi Ayn-Safra şahri yaqinida qor bilan qoplangan çölni, Saudiya Arabistoni şimolidagi Tabuk şahrida qor bilan qoplangan çölda yurgan tuyalar va qöylarni suratlarda muhrladi.

Ayn-Safra Sahroyi Kabir çekkasida joylaşgan bölib, u “Çöl darvozasi” deb ham ataladi. Bu hududda 2017 va 2018 yillarda ham qor kuzatilgan. Bungaça esa qorli ob-havo 1979 yil fevraldagina qayd qilingan.

The Sun naşrining ta'kidlaşiça, Sahroyi Kabirda yilning issiq vaqtida harorat +50 darajagaça kötarilib, sovuq vaqtida 12 darajagaça pasayadi. Ammo joriy yanvarda harorat me'yordagidan ança pastlab, 0 darajadan tuşib ketgan.
Saudiya Arabistonida yanvar eng sovuq oy hisoblanib, örtaça harorat 20 daraja iliqni taşkil qiladi. Tabuk esa mamlakatning eng sovuq hududlaridan biri hisoblanadi. 10 yanvarda uşbu toğli hududda kuçli qor yoğgan. Şuningdek, Livan, Suriya va Eron ham qor bilan qoplangan.

Mutaxassislarning ta'kidlaşiça, çölning keskin iqlimi va qurğoqçil ekaniga qaramay, u 15 ming yildan keyin yana ösimliklar bilan qoplanadi.

















