Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xiaomi yana bir brend ostida smartfon chiqarishga qaror qildi
XiaomiToday resursining yozishicha, Xitoyning Xiaomi korporatsiyasi o‘z smartfonlarini yana bir brend ostida chiqaradi.
Endilikda kompaniya ishlab chiqargan telefonlar butun dunyoda POCOPHONE nomi ostida sotiladi. Klassik brend nomi esa yoki bozorni butkul tark etadi yoki faqatgina Xitoy ichki bozorida qoladi. Ayni kunlarda Xiaomi kompaniyasi POCOPHONE brendini AQShda tasdiqdan o‘tkazdi. Avvalroq Yevropa va jahonning boshqa hududlarida ham mazkur brendga arizalar tasdiqlangandi.
Xiaomi brendining bo‘linishi xaridorlar ishonchiga ijobiy ta'sir ko‘rsatishi kutilmoqda. Kompaniyadagilar POCOPHONE brendi Yevropa yoki Amerikaniki deyilishi xaridorni mazkur telefonni sotib olishga undaydi degan fikrda.
Xiaomi xalqaro bozor uchun o‘z brendi ostida smartfon ishlab chiqarishni yaqin yillarda to‘xtatishi kutilmoqda, bu jarayon bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
AKKet.com nashrining bildirishicha, kompaniya anchadan buyon o‘z telefonlari uchun Galaxy brendini ishlatayotgan Samsung yo‘lidan boradi.
Mavzuga oid
11:40 / 12.06.2026
Xiaomi Tesla va BYDʼga qarshi yangi model bilan chiqmoqchi
15:00 / 04.06.2026
Xiaomi 17T seriyasi taqdim etildi - emotsiyalar, konsertlar va shahar hikoyalarini tasvirga olish uchun smartfonlar
00:56 / 20.04.2026
Xiaomi yangi noutbuklarini sotuvga chiqardi
22:37 / 29.03.2026