Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Karles Puchdemon Ispaniyaga ekstraditsiya qilinadigan bo‘ldi
Kataloniyaning sobiq rahbari Karles Puchdemon Ispaniyaga topshiriladi. Bu haqdagi qarorni Germaniyaning Shlezvig-Golshteyn federal yeri sudi qabul qildi. Bunga esa Puchdemonning byudjyet mablag‘larini noqonuniy sarflab yuborishi asos bo‘ldi.
Biroq sud Ispaniya tomonidan taqdim qilingan materiallarni Puchdemonni isyonga gijgijlashda ayblashga ishonchli emas, deb topgan. Shu tariqa, Puchdemon o‘z yurtida bu modda bo‘yicha sudlanmaydi.
Puchdemon 2017 yil 1 oktabrda Kataloniyaning Ispaniya tarkibidan chiqishi bo‘yicha referendum o‘tkazilgandan keyin Ispaniyadan Belgiyaga qochgan. Referendum natijalariga ko‘ra Kataloniya parlamenti mustaqilik haqidagi deklaratsiyani qabul qilgan, biroq rasmiy Madrid bunga qarshi bo‘lgan. Ispaniya oliy sudi Puchdemonning hibsga olinishiga order bergan va uni safdoshlari bilan birga deputatlik mandatidan mahrum etgan. Puchdemon mart oxirida Germaniyada ushlangan, biroq tez orada 75 ming yevro miqdoridagi garov puli evaziga ozodlikka chiqarilgan.
Mavzuga oid
15:15 / 16.06.2026
Afrikacha master-klass: Kabo-Verdedan nimalarni o‘rganish kerak?
09:01 / 25.05.2026
Ispaniyada uy-joy inqirozi: ijarachilar ko‘chalarga chiqdi
00:04 / 20.05.2026
Ispaniyada Mango do‘konlari asoschisining o‘g‘li otasini o‘ldirishda gumon qilinib ushlandi
08:04 / 13.05.2026