Jamiyat | 22:49 / 12.07.2018
25846
2 daqiqa o‘qiladi

Past Darg‘omda nobakor ona ikki qizalog‘ini pichoqlab o‘ldirdi va o‘z joniga ham qasd qildi

2018 yil 5 iyul kuni Samarqand viloyati Past Darg‘om tuman IIBga kelib tushgan xabarga ko‘ra, joriy yilning 4 iyulidan 5 iyuliga o‘tar kechasi, soat taxminan 1:00 lar atrofida tumanning “Qoravultepa” mahallasida yashovchi 2016 yildan buyon fuqaro A.A. (ayni paytda Rossiya Federatsiyasiga ishlash uchun ketgan) bilan sha'riy nikohda bo‘lgan R.R. yashash uyi yotoqxonasining kirish eshigini qulflab, 2 nafar voyaga yetmagan qiz farzandlari — 2011 yilda tug‘ilgan B.T.ning qorin qismiga 12 marotaba va 2017 yilda tug‘ilgan M.R.ning qorin qismiga 9 marotaba oshxona pichog‘i bilan urib qasddan o‘ldirgan.

So‘ngra ushbu oshxona pichog‘i bilan o‘zining ham qorin sohasi kindik atrofiga jami 9 marta urib, og‘ir ahvolda Past Darg‘om tuman tibbiyot birlashmasi reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan, deb xabar bermoqda Kun.uz’ga «Past Darg‘om haqiqati» gazetasi muxbiri Qiyomjon Ziyotov.

Mazkur holat yuzasidan Past Darg‘om tuman prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid