Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Fuqarolar uchun byudjyet» taqdimoti bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 13 iyul kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi BMTning Taraqqiyot dasturi, Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi va «Taraqqiyot strategiyasi» Markazi bilan hamkorlikda birinchi marta chop etilayotgan «Fuqarolar uchun byudjyet» nashriga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Fuqarolar uchun byudjyetga bag‘ishlangan taqdimotga qo‘shimcha ravishda Davlat byudjyeti 2018 yilning 1-yarim yilligi ijrosi to‘g‘risida ma'lumotlar taqdimot etildi.

Ma'lum qilinishicha, joriy yilning ijtimoiy sohani moliyalashtirish uchun jami byudjyet xarajatlarning 55,7 foizi sarflandi. Ijtimoiy xarajatlar tarkibida esa eng ko‘p mablag‘ ta'lim sohasiga to‘g‘ri keladi.

Mahalliy byudjyetlarning mustaqilligini oshirish yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida 2-chorak yakunlari bo‘yicha mahalliy byudjyet daromadlari parametrlari prognozining 842 mlrd. so‘mga orttirib bajarilishi ta'minlandi.
Moliya vazirligi 2019-2021 yillardagi rejali davri uchun «Fuqarolar uchun byudjyet»ni tayyorlashga kirishganligi hamda uni jamoatchilik muhokamasi uchun taqdim qilinishi aytib o‘tildi.
Mavzuga oid
11:07 / 10.07.2026
BMT hisobot berdi: davlatlar 2030 yilgacha qo‘yilgan maqsadlarga sekin erishmoqda
11:23 / 08.07.2026
“2030 yilga borib suv tanqisligi 15 mlrd kub metrga yetadi” – suv vaziri Nyu Yorkda
09:02 / 11.06.2026
Qochqinlar soni rekord darajada: BMT yangi hisobotni e’lon qildi
08:45 / 09.06.2026