Xonobodda GM Uzbekistan tomonidan ilk sanatoriy foydalanishga topshirildi
Andijon viloyatining so‘lim go‘shasi bo‘lgan Xonobod shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tegishli topshirig‘iga asosan barpo etilgan “Xonobod” sihatgohining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda hukumat, hokimlik va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Eng so‘nggi zamonaviy tibbiyot uskunalar bilan jihozlangan muassasani bunyod etish uchun GM Uzbekistan kompaniyasi barcha zaruriy ishlarni amalga oshirdi. Maskan dengiz sathidan 850 metr balandlikda joylashgan bo‘lib, u o‘zining kislorod bilan to‘yingan va ionlashtirilgan havosi bilan yuqori hamda quyi nafas organlari, harakat-tayanch, asab tizimi kasalliklarini davolashga ixtisoslashgan.
Muassasa hududi 10,5 gektarni tashkil etib, barcha korpuslar bog‘ hududida joylashgan hamda manzarali daraxtlar, archalar va gullar bilan o‘ralgan. Sihatgohda zamonaviy sport maydonlari, suv havzalari, wi-fi, bolalar maydonchalari dam oluvchilarning maroqli hordiq chiqarishlari uchun xizmat qiladi.
O‘tgan davr mobaynida mazkur inshoot barpo etilishida 800 nafar quruvchi va ishchi xodim xizmat qildi. Muassasaning ishga tushishi mahalliy aholiga ishchi o‘rinlari yaratishda ham muhim ahamiyat kasb etdi.
Sihatgoh bir vaqtning o‘zida 200 nafar kishini qabul qilish imkoniga ega bo‘lib, ularga majmuaning 130 dan ortiq xodimi barcha zaruriy xizmatlarni ko‘rsatadi.
Elmurod Ermatov, Andijon
KUN.UZ muxbiri
Mavzuga oid
17:47 / 15.10.2024
Toshkent tumanidagi “Shifobaxsh suvlar” hududida yana 5 ta sanatoriy quriladi
22:35 / 19.09.2024
«Tibbiy xizmatlar mehmondo‘stligi» dasturi amalga oshiriladi
09:11 / 03.02.2024
O‘zbekistonda sanatoriyga bepul yo‘llanmani kimlar olishi mumkinligi ma’lum qilindi
21:39 / 02.02.2024