Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kamerunning 85 yoshli yetakchisi yettinchi muddatga prezident bo‘lmoqchi
Foto: AP
Kamerun prezidenti Pol Biyya navbatdagi prezident saylovlarida ishtirok etish uchun o‘z nomzodini ilgari surdi. Agar u g‘alaba qozonadigan bo‘lsa, yettinchi muddat mamlakatni boshqaradi.
Kamerunda prezident saylovlari 7 oktabrga belgilangan. Muxolif partiya ham o‘z nomzodini belgiladi, u parlament a'zosi va partiya vitse-prezidenti Joshua Osix bo‘ldi.
85 yoshli Biyya Kamerunni 1982 yildan beri boshqarib keladi. 2011 yildagi saylovlarda muxolifat ovoz berish natijalarini shubha ostiga qo‘ygan, biroq arzi sud tomonidan rad etilgan.
Kamerun neftga boy davlat bo‘lib, bu yerda Sahroi Kabirdan janubdagi boshqa davlatlardan ko‘ra qishloq xo‘jaligini olib borishga maqbulroq sharoitlar mavjud. Kamerunda savodli odamlar soni aholining 70 foizidan ko‘prog‘ini tashkil qiladi.
Biroq mamlakatda ishsizlik darajasi yuqori va aholining kuchli qatlamlanishi mavjud. Bu muammolarda aynan Biyya ayblanib kelinadi.
Mavzuga oid
18:38 / 27.10.2025
Kamerunda dunyodagi eng keksa prezident sakkizinchi muddatga qayta saylandi
16:18 / 14.07.2025
Kamerunning 92 yoshli prezidenti yana bir muddatga o‘z nomzodini qo‘yishga qaror qildi
12:19 / 26.08.2023
Kamerunlik 45 yoshli ayol birdaniga to‘qqiz nafar farzandni dunyoga keltirdi
16:59 / 24.11.2022