Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polsha TIV Rossiyadagi diplomatiga hujum uyushtirilgani haqida xabar berdi
11 iyul, chorshanba kuni Irkutsk – Moskva reysida uchayotgan polshalik diplomatga hujum uyushtirilgan. Bu haqda Polsha Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, voqea yuz bergan vaqtda diplomat xizmat safari bo‘yicha uchib ketayotgan bo‘lgan. Samolyotda unga psixik sog‘lom emasdek ko‘ringan odam hujum qilgan. Zo‘ravon qo‘lga olingan va voqea haqida politsiyaga xabar berilgan.
Keyinroq diplomat shifokor ko‘rigida bo‘lib, Polshaga qaytib kelgan.
Polsha elchixonasi Rossiya hukumatidan ro‘y bergan voqea bo‘yicha izoh berishni hamda aybdorni javobgarlikka tortishni talab qilmoqda.
Mavzuga oid
08:51 / 19.06.2026
Moskva yaqinidagi NQZga hujumdan so‘ng “neft yomg‘iri” kuzatildi
15:18 / 15.06.2026
Kuchli yog‘ingarchilik tufayli Rossiya hududlarini suv bosdi – fotolar
08:30 / 22.05.2026
AQSh Polshaga yana 5 ming harbiy jo‘natadi - Tramp
13:08 / 13.05.2026