Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy dunyoda xavfsizlikka erishish shartlarini aytdi
Foto: RIA Novosti
Umumiy xavfsizlikka erishish uchun butun xalqaro hamjamiyat birgalikda harakat qilishi zarur, dedi Xitoy Kompartiyasi Markaziy qo‘mitasi siyosiy byurosi a'zosi, xalqaro masalalar bo‘yicha guruh rahbari Yan Tszechi.
"Mutlaq xavfsizlik – boshqa mamlakatdan keladigan xavfni bartaraf qilish uchun o‘sha davlatga qarshi harakat, boshqa davlatdagi beqarorlik evaziga bir davlatning xavfsizligini ta'minlashga urinish kabi xayolotdir", — dedi Yan Tszechi har yili Pekinda o‘tkaziladigan 7-Jahon tinchlik forumi ochilishida.
Uning aytishicha, u yoki bu muammo yuzaga kelganida kuch ishlatish bilan tahdid qilish yoki "qo‘shningni qashshoqqa aylantir" siyosatini qo‘llash o‘rniga darhol uni birgalikda hal qilish yo‘lini topish kerak.
"Umumiy xavfsizlik nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda biz birgalikda mavjud muammolarga qarshi kurashish uchun kompleks qadamlarni qo‘yishimiz lozim, mamlakatlar xavfsizlik, terrorizm va ekstremistik mafkuralarga qarshi kurash masalalari bo‘yicha hamjihatlikni kuchaytirishlari darkor", — dedi u.
Mavzuga oid
18:28
Toshkent-Samarqand pulli yo‘lini Xitoy kompaniyasi quradi. Loyiha qiymati - 2 mlrd 185 mln dollar
12:46
Qattiq qo‘riqlanadigan panda, power bank olib kelgan robot: Chin yurtidagi sarguzashtlar
17:20 / 27.05.2026
Xitoyda Toshkent shahar drenaj tizimini rivojlantirish bo‘yicha 400 mln dollarlik kelishuvga erishildi
09:06 / 25.05.2026