Jahon | 08:37 / 14.07.2018
6132
2 daqiqa o‘qiladi

Irlandiya qazilma yonilg‘idan bosh tortgan ilk davlat bo‘lishi mumkin

Foto: DAVE WALSH/VW PICS / UIG VIA GETTY IMAGES

The Guardian nashrining ma'lum qilishicha, qazilma yonilg‘iga sarmoya kiritishdan bosh tortadigan ilk davlat Irlandiya bo‘lishi mumkin. Kuni-kecha mamlakatning barcha siyosiy kuchlari Irlandiya qazilma yonilg‘iga barcha sarmoyalarni sotib yuboradigan qonun loyihasini qo‘llab-quvvatlagan.

Hozirda mamlakat ko‘mir, neft, gaz, torf va boshqa qazilma yonilg‘ilardan daromad oluvchi 150 ta kompaniyada 300 mln yevrolik aksiyaga ega. Parlament tomonidan qabul qilingan qonun loyihasi esa bu aksiyalar iloji boricha tezroq sotib yuborilishini anglatadi.

Irlandiyada qazilma yonilg‘idan voz kechishdan tashqari, 2030 yilgacha benzin va dizelda yuruvchi avtomobillar sotilishi taqiqlanmoqchi. Bu haqda Irlandiya bosh vaziri Leo Erik Varadkar ma'lum qilgan va bu choralar mamlakatni “sog‘lom va yana buyuk” qilishda yordam berishini qo‘shimcha qilgan.  

Tadqiqotlarga ko‘ra, dunyodagi zararli uglerod chiqindilarning 15 foizi transport tarmog‘iga to‘g‘ri keladi. Shu sababli yaqin kelajakda dizel va benzinda yuruvchi avtomobillar ishlab chiqarilishdan butkul olinishi mumkin

Mavzuga oid