Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik jurnalistlar Turkiyada magistratura va doktaranturaga o‘qishga tavsiya etiladi
2018 yilning 14 iyul kuni O‘zbekiston mustaqil bosma OAV va Axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi hamda Turkiya Jumhuriyati Kastomonu Davlat Universiteti bilan o‘zaro hamkorlik memarandumi imzolandi.
O‘zbekiston va Turkiya rahbarlarining davlat tashriflaridan so‘ng, davlatlar muassasalari o‘rtasida keng hamkorlik munosabatlari o‘rnatila boshlandi. E'tiborli jihati shundaki, Jamoat fondi Turkiya Davlat ta'lim muassasasi bilan o‘zaro hamkorlik bitimi imzolagan birinchi nodavlat notijorat tashkilot bo‘ldi.
Memorandumni Turkiya Jumhuriyati tomonidan Kastomonu Davlat Universiteti hay'ati rahbari, universitet rektori, professor va fan doktori Sayid Aydin, O‘zbekiston mustaqil bosma OAV va Axborot Agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlatirish Jamoat fondi direktori Said-Abdulaziz Yusupovlar tomonidan imzolandi.
Ushbu memorandumga muvofiq Jamoat fondi har yili O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan 10 nafar jurnalistni Kastomonu Davlat Universiteti jurnalistika fakulteti magistratura va doktaranturasiga o‘qishga tavsiya etadi. Ushbu tavsiyaga ko‘ra, talabalar imtihonsiz va bepul ta'lim olish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Bundan tashqari, memorandumda yilda 2 marta o‘zbekistonlik jurnalistlar uchun Kastomonu Davlat Universitetida xalqaro seminarlarda ishtirok etish imkoniyati yaratildi.
Mavzuga oid
20:25 / 14.07.2026
Turkiyada Netanyahuni hibsga olish uchun xalqaro order berildi
11:46 / 10.07.2026
Turkiya omili: NATOda zarur, YeIda ortiqchami?
18:32 / 09.07.2026
«Kuchliroq NATOda kuchliroq Yevropa» – Anqaradagi sammit qanday o‘tdi?
18:10 / 09.07.2026