
6 iyul 2018 yil
Doimiy ravişda özgarib borayotgan sohada 107 yil faoliyat yuritiş mobaynida IBM köp marta yangi texnologik yangiliklarga moslaşişiga töğri kelgan. Bugun kompaniya yana özgarmoqda: uning mijozlari SaaS bulutli yeçimlariga ötişadi. Yetakçilikni rivojlantiriş böyiça IBM direktori Jyeyson Truxilo bilim olişning “mediatorlik” uslubi firmada özgarişlar ötkazişga qanday yordam berişi haqida gapirib berdi. Bu suhbatdan olingan qisqaça ma'lumotlar bilan tanişişingiz mumkin.
Nima uçun aynan hozir özgarişga qaror qildingiz?
IBM madaniyatning özgarişi biznesni qayta şakllanişi bilan parallel ravişda sodir bölyapti: bugun kompaniya daromadlarining deyarli yarmi olti yil avval biz işlamagan sohalardan kelmoqda. Biz dizayn-fikrlaş va moslaşiş modeli uslublarini töliq qabul qildik. Endilikda özgaça işlayapmiz: jamoa mijozlarimiz uçun maksimal qadriyatlarni yaratişga yönaltirilgan. Har bir xodim nimadadir mediator bölişi lozim. Biz doimiy ravişda özaro ustozlik şaroitlarini yaratyapmiz.
Bunday yondaşuvning afzalliklari nimadan iborat?
U bozor talablariga javob beradi. An'anaviy ravişda xodimlarni öqitiş va rivojlantiriş böyiça jamoalar öz işining mohiyatini qandaydir yangi dasturlarni “çiqarişda” köradilar. Yangiça yondaşuv esa odamlar özlariga kerakli könikmalarni özlari izlaşlariga diqqatni qaratadi. Bu arzon va tezkor. Misol uçun siz 370 mingta xodimning bariga qandaydir trening uyuştirişni istaysiz. Bu köp va katta xarajatlarni talab etadi. Agar xodim bilimni hamkasbidan olsa, u köproq narsani xotirasida saqlab qoladi, muhimi biroz vaqt ötgaç, bilim öz-özidan tarqalişni boşlaydi.
Xodim hamkasblaridan qay birida zaruriy bilimlar mavjud ekanini qanday aniqlaydi?
Biz Coach.me platformasini yaratdik, u yerda odamlar öz ehtiyojlari va tayyor yeçimlar töğrisida ma'lumot berişadi. Agar biror kişiga qandaydir yangi könikma, masalan texnik yönalişda muayyan kodni yozişga oid ma'lumot kerak bölsa, platforma unga yordam bera olişi mumkin bölgan hamkasblarni tanlab beradi. Şu yöl bilan odamlar öz ta'limini nazorat qilişni boşlaydi. Qöşimçasiga u Your Learning raqamli ta'lim platformamizga biriktirilgan.
Xodim öziga taniş bölmagan hamkasbni öqitiş uçun nimaga vaqt sarflaşi lozim?
















