Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chimkentdagi jarima maydonchasida 40 dan ko‘proq avtomobil yonib ketdi
Foto: Qozog‘iston FVV
15 iyulda Qozog‘istonning Chimkent shahridagi jarima maydonchasida chiqqan yong‘in 40 dan ko‘proq avtomobilning kulini ko‘kka sovurdi. Bu haqda Qozog‘iston ichki ishlar vazirligi favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi matbuot xizmatida ma'lum qilindi.
“15 iyulda soat 1:14da jarimalar maydonchasi hududida “KamAZ” mashinasining yonishi va yong‘inning yengil avtomobillar va 2 qavatli binoga o‘tishi yuz berdi”, deb aytilgan xabarda.
Yong‘inni 2 soatdan keyin o‘chirishga muvaffaq bo‘lingan. “Yong‘in oqibatida utillashtirish uchun mo‘ljallangan 35 ta avtomobil va jarima solingan 10 ta avtomobil yonib ketdi. Qurbonlar va jabrlanuvchilar yo‘q. Yong‘inning umumiy maydoni 294 kvadrat metrni tashkil qilgan”, deb qo‘shimcha qilingan matbuot xizmatida.
Ta'kidlanishicha, yong‘inni bartaraf etishda 76 o‘t o‘chiruvchi va 17 ta maxsus texnika ishtirok etgan.
Mavzuga oid
09:34 / 13.01.2026
Mirzo Ulug‘bek tumanida avtobus saroyida yong‘in sodir bo‘ldi
16:03 / 10.01.2026
Shveytsariya Kran-Montaneda yong‘in qurbonlari xotirasini yod etdi
10:01 / 06.01.2026
Tashkent City hududida konteyner yonib ketdi
15:42 / 05.01.2026