Falastinliklar bir kun ichida Isroil tomon 100 taga yaqin raketa otdilar
Falastinlik jangarilar 14 iyulda Isroilning janubiy hududlari tomon 100 taga yaqin raketa va mina otdilar, ulardan 20 tasi urib tushirilgan. Bu haqda isroillik general Tsvika Xaymovich ma'lum qildi.
Tundan beri davom etayotgan zarbalar almashinuvi 4 yil ichidagi eng yirik keskinlik deb atalmoqda.
Isroillik harbiyning tushuntirishicha, Isroilning raketa hujumiga qarshi tizimlari bo‘sh yerlarga tushuvchi raketalarga inobatga olmaslikka dasturlashtirilgan.
Xaymovich ma'lumotlariga ko‘ra, raketa otishlarni XAMAS jangarilari “Islom jihodi” ko‘magida olib bormoqda. Jangarilar 10 kmgacha mo‘ljallangan snaryadlardan foydalanishmoqda, biroq ularda uzoqroqqa uchuvchi raketalar ham bor.
Raketalardan bittasi Sderot shahridagi uylardan biriga tekkan va 3 kishining yaralanishiga olib kelgan.
Isroil aviatsiyasi tundan beri G‘azo sektoridagi o‘nlab mo‘ljallarni bombardimon qilmoqda. Falastinlik shifokorlar 2 kishi halok bo‘lgani, 14 kishi yaralanganini ma'lum qilishgan.
G‘azo sektoridagi oxirgi yirik harbiy amaliyot 2014 yil yozida 2 ming falastinlik va 70 dan ko‘proq isroillikning hayotini olib ketgandi.
Mavzuga oid
23:30 / 05.11.2024
Binyamin Netanyahu Isroil mudofaa vazirini lavozimdan oldi
16:18 / 05.11.2024
Isroilning urush jinoyatlari uchun ramziy «G‘azo tribunali» tuzildi
15:50 / 05.11.2024
Isroil armiyasining G‘azodagi yo‘qotishlari 781 kishiga yetdi
15:10 / 05.11.2024