Fransiya - jahon chempioni!

Foto: FIFA
2018 yilgi jahon chempionati final uchrashuvi Fransiya va Xorvatiya o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Moskvadagi «Lujniki» stadionida kechgan uchrashuv fransuzlarning 4:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Frantsuzlar 18-daqiqada xorvatlar hujumchisi Mario Manjukich o‘z jamoasi darvozasini ishg‘ol etib qo‘yishi evaziga oldinga chiqib oldi. 10 daqiqa o‘tib Ivan Perishichning goli muvozanatni tikladi. Tanaffus arafasida Antuan Grizmann penaltini aniq amalga oshirib, jamoasini oldinga olib chiqdi.
Ikkinchi bo‘lim boshida fransuzlar to‘la ustunlikka ega bo‘lishdi va Pol Pogba hamda Kilian Mbappe hisobni yirik ko‘rinishga keltirishdi. Qolgan vaqt davomida xorvatlar bitta javob goli urishdi, Mario Manjukich 69-daqiqada Lorisning xatosidan foydalandi - 4:2.
Shu tariqa, Dide Desham boshchiligidagi Fransiya ikki karra jahon chempioniga aylandi. 1998 yili Fransiya o‘z maydonida kechgan mundialda ham tengsiz bo‘lgandi.
JCh-2018
Final
Fransiya – Xorvatiya 4:2
Gollar: 1:0 – 18, avtogol Manjukich, 1:1 – 28 Perishich, 2:1 – 38, penalti Grizmann, 3:1 – 59 Pogba, 4:1 – 65 Mbappe, 4:2 – 69 Manjukich.
Fransiya – Loris, Varan, Lyuka Ernandes, Pavar, Umtiti, Kante (Nzonzi, 55), Pogba, Matyuidi (Tolisso, 73), Grizmann, Jiru (Fekir, 81), Mbappe.
Xorvatiya – Subashich, Lovren, Strinich (Pyatsa, 81), Vrsalko, Vida, Rakitich, Brozovich, Perishich, Modrich, Rebich (Kramarich, 71), Manjukich.
Ogohlantirishlar: Kante (27), Lyuka Ernandes (41), Vrsalko (90).
Tavsiya etamiz
Putin o‘ziga voris tayyorlayotganini aytdi
Jahon | 20:13 / 04.05.2025
Husanovning o‘yinsiz seriyasi atrofidagi savollar va javoblar
Sport | 18:17 / 04.05.2025
“Yopilgan ish” yoxud otgan o‘qi o‘ziga qaytgan tergovchining iqrori
Jamiyat | 15:23 / 04.05.2025
9 may bayrammi yoki motam? Bu kunning mazmuni qanday?
O‘zbekiston | 21:19 / 03.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiyada mushkul ahvolda qolgan fuqarolar O‘zbekistonga qaytarildi
Jamiyat | 11:05
-
Ijtimoiy himoya milliy agentligi va Uzum Market 69 000 dan ortiq o‘zbekistonlikni reabilitatsiya qilish vositalari bilan ta’minladi
O‘zbekiston | 11:00
-
Hindiston Pokiston bo‘ylab zarbalar seriyasini amalga oshirdi. Asosiy ma’lumotlar
Jahon | 10:59
-
Rossiya qo‘shinlari Sumi va Zaporijjyaga hujum qildi
Jahon | 10:57
Mavzuga oid

21:58 / 17.12.2022
Xorvatiya Marokashni mag‘lub etib, bronzaga ega chiqdi

02:01 / 15.12.2022
JCh-2022. Fransiya Marokashni mag‘lub etib, ikkinchi finalchiga aylandi

02:03 / 14.12.2022
JCh-2022. Argentina Xorvatiyani yirik hisobda yengib finalga yo‘l oldi, Messida gol+assist, Alvaresda dubl

02:08 / 11.12.2022