Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Keyn JCh-2018 turnirining eng yaxshi to‘purari bo‘ladi. Agar bugun Grizmann yoki Mbappe poker qilmasa
Angliya terma jamoasi sardori Harri Keyn 2018 yilgi jahon chempionatining eng yaxshi to‘purari bo‘ladi. U uchinchi o‘rin uchun Belgiyaga qarshi kechgan o‘yinda gol urolmagan bo‘lsada, turnir mobaynida 6 golga mualliflik qilgandi.
Ayni vaqtda turnirda ishtirokini davom ettirayotgan futbolchilar orasida faqat Antuan Grizmann va Kilian Mbappe hisobida 3tadan gol mavjud. Agar bu futbolchilardan biri turnirning «Oltin butsa»siga ega chiqishni istasa, Xorvatiyaga qarshi o‘yinda 4ta gol urishi talab etiladi.
Shu vaqtgacha turnir tarixida faqat bir marta poker qayd etilgan, bu poker muallifi JCh-1966 finalida Angliya-Germaniya uchrashuvida (4:2) Jyeff Xyorst bo‘lgandi.
Xorvatiya terma jamoasida ikkitadan ortiq gol urgan futbolchilar yo‘q. Nazariy jihatdan olib qaraganda, turnir finalida ishtirok etuvchi har bir futbolchida turnirning eng yaxshi to‘purari bo‘lish imkoniyati mavjud, ammo ularda 4 yoki undan ortiq gol urish imkoniyati juda past.
Harri Keyngacha jahon chempionatlarida Angliyaning eng yaxshi hujumchisi Gari Lineker bo‘lgandi. U 1986 yili turnirning eng yaxshi to‘purari sifatida mukofotlangan.
Mavzuga oid
14:50 / 11.07.2026
JCh anonsi. Holand Keynga qarshi, Argentinada ilk jiddiy raqib
09:46 / 24.06.2026
JChda 13-kun. Ronalduda rekord, Husanovning ko‘z yoshi va «jodulangan» Keyn
15:48 / 12.08.2023
«PSJ» va «Bavariya»da superxaridlar. So‘nggi transfer xabarlari
15:51 / 11.08.2023