Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Kim Chen Inni “buyuk shaxs”, Putinni “qattiqqo‘l” deb atadi
AQSh prezidenti Donald Tramp Daily Mail britan nashriga bergan intervyusida Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inni “juda aqlli, quvnoq odam va umuman olganda buyuk shaxs” deb atadi.
“Men u bilan yaxshi chiqishib oldim. U juda aqlli, buyuk shaxs. U quvnoq va qattiqqo‘l, yaxshi muzokarachi”, deb aytgan Tramp.
Tramp oxirgi 9 oy ichida Shimoliy Koreyada na ballistik, na yadroviy sinov bo‘lganini aytgan.
Tramp “Avval dushmanlar deb qabul qilingan odamlar bilan muzokaralar olib borishni “Trampning ta'limoti” deb atash mumkinmi?” degan savolga tinchlikni ko‘rishni istayotganini, AQSh urushlardan xalos bo‘layotgani va ulardan chiqayotganini aytgan.
Tramp, shuningdek, intervyusida Rossiya prezidenti Vladimir Putinni “qattiqqo‘l”, Rossiyani esa raqib deb hisoblashini, biroq Moskva bilan chiqishib olishiga ishonishini aytgan.
“Qarang, agar Rossiya bilan kelisha olsak – bu yaxshi. Men uni (Putinni) tanimayman. Men u bilan ikki martagina uchrashganman”, deb aytgan Tramp.
Tramp rossiyalik hamkasbi bilan chiqishib keta olishi mumkinligini aytgan. “Kimdir “Siz do‘stmisiz yoki dushmanmisiz?” deb so‘raganda, men bu haqda hali gaplashishga juda ertaligini aytgandim, hozir esa biz raqibmiz deb aytaman. Biroq AQSh uchun ham, rostini aytganda, Buyuk Britaniya va boshqa davlatlar uchun ham Rossiya, Xitoy va boshqa shunday davlatlar bilan chiqisha olgan yaxshiroqdir”, deb qo‘shimcha qilgan Tramp.
16 iyulda Xelsinkida Tramp va Putin o‘rtasida xalqaro anjumanlar doirasidan tashqarida ilk to‘liq formatli uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
08:29 / 18.06.2026
Putinga yaqin deb hisoblangan biznesmen qamoqqa olindi
10:45 / 16.06.2026
Zelenskiy Putinga G7 sammitida uchrashuv o‘tkazishni taklif qildi
08:59 / 15.06.2026
Zelenskiy G7 sammitida Tramp bilan uchrashishini ma’lum qildi
10:02 / 13.06.2026