Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erkinjon Turdimov Samarqandda ishni Yoshlar markazi va OTMlarga borishdan boshladi
Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Erkinjon Turdimov ushbu lavozimga tayinlanganidan bir kun o‘tib shahardagi ijtimoiy soha obektlarida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishishga chiqdi. Viloyat hokimi o‘rinbosari Rustam Qobilov o‘zining facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida shu haqda xabar qoldirgan.
Viloyatning yangi rahbari tashrif buyurgan ilk obekt Yoshlar markazi bo‘ldi.
Turdimov Yoshlar markazida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan yaqindan tanishgan va zarur tavsiyalarni bergan. Jumladan, markaz yoshlarning emin-erkin kirib-chiqishlari uchun qulay bo‘lishi, bu yerda yoshlar o‘zlarini erkin his qilishi uchun barcha shart-sharoit yaratilishi lozimligini ta'kidlagan.
Shundan so‘ng viloyat hokimi prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilgan «Ipak yo‘li» turizm xalqaro universitetida tashkil etilgan qabul jarayoni bilan tanishgan va ushbu muassasada yaqin kelajakda xalqaro darajada ta'lim berish uchun nimalarga ahamiyat qaratish lozimligi haqida o‘z fikrlarini bildirgan.
Erkinjon Turdimov Samarqand davlat universiteti pedagogika fakultetida olib borilayotgan qurilish-obodonlashtirish ishlari hamda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi viloyat bo‘limining yangi binosini qurish uchun mo‘ljallangan hudud bilan ham tanishgan.
Erkinjon Turdimov 13 iyul kuni Samarqand viloyatining yangi rahbari etib tasdiqlangandi. U bu lavozimda poraxo‘rlik bilan qo‘lga tushgan Turobjon Jo‘rayev o‘rnini egalladi.
Mavzuga oid
23:04 / 13.06.2026
Samarqandda Rossiyada ishlashni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun test markazi ochiladi
10:50 / 12.06.2026
Samarqandning olis tumanlariga investitsiyalar jalb etiladi
17:46 / 10.06.2026
Samarqand tumanlari qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va qayta ishlash sanoatiga ixtisoslashgan hudud sifatida rivojlantiriladi
17:45 / 05.06.2026