Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötdi. Sessiyada taşkiliy masala körildi.

Zarnews.uz naşri xabar berişiça, sessiyada şu paytgaça Samarqand viloyati hokimi lavozimida işlab kelgan Turobjon Jörayev lavozimdan ozod etilgani ma'lum qilingan va Surxondaryo viloyati hokimi sifatida işlab kelayotgan Erkinjon Oqbötayeviç Turdimov Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvçi etib tayinlangan.

Erkinjon Turdimov – 1969 yil 10 iyulda Samarqand viloyatining Qöşrabot tumanida tuğilgan. 1991 yilda Toşkent xalq xöjaligi institutini iqtisodçi mutaxassisligi böyiça tamomlagan.

1991-1995 yillarda «Özsanoatqurilişbank»ning Sirdaryo filialida bölim mutaxassisi, «Özsanoatqurilişbank»ning Zarafşon bölimi pul muomalasi bölimida boş mutaxassis, bölim boşliği örinbosari, Zarafşon bölimi boşqaruvçisi bölib işlagan.

1995-1996 yillarda Zarafşon şahri hokimi bölgan. 1996 yildan 2000 yilgaça Özbekiston Milliy banki Navoiy bölimi boşqaruvçisi, 2000-2008 yillarda Navoiy viloyati Xatirçi tumani hokimi sifatida faoliyat yuritgan.

2008 yilda Özbekiston Respublikasi Qişloq va suv xöjaligi vazirining birinçi örinbosari bölib faoliyat yuritgan.

2008-2016 yillarda Navoiy viloyati hokimi bölib işlagan. 2016 yil dekabridan şu kunga qadar Surxondaryo viloyati hokimi sifatida faoliyat körsatib kelayotgandi.