Futbol har tört yoki ikki yilda bölmaydi. Baribir asosiy uluş klublar futboliga töğri kelib, top murabbiylar ham öşa tomonda faoliyat yuritişsa-da, futbol yulduzlarining asosiy faoliyati ham aynan klublar futbolida keçsa-da, jahon futboli tamaddunining yönalişi terma jamoalar iştirok etadigan turnirlarda belgilanadi. Nega bilasizmi?
Eng yaxşi asarlar senzura davrida, eng yaxşi ixtirolar dangasalik tufayli dunyo yuzini körganidek, futbolda ham çeklanganlik faktori yangi ğoyalarga, uslublarga sabab böladi. Klublar futbolida moliyaviy yaxşi ta'minlangan murabbiylar eng yuqori saviyadagi futbolçilarni olib keliş orqali, ham köp muammolarni hal qilişlari mumkin, ğolib jamoalardagi murabbiylar faktorini payqaş har doim ham oson bölmaydi. Terma jamoa esa boşqa dunyo, bu yerda çeklangan futbolçilar, çeklangan vaqt bilan vazifani bajariş uçun eng maqbul taktikani öylab topişga majbur bölinadi. Ba'zida öşa öylab topilgan ğoyalar, taktikalar futbolning keyingi yönalişini belgilab ham beradi.
Mana şu rakursdan qaraganda, keça tugagan jahon çempionati futbolga nima beradi? Qanday futbol eng nufuzli turnirda namuna böldi?
Masalan, Rossiya-2018 turniriga qaraganimizda, köproq pragmatizmni körişimiz mumkin. Kuçsizroq jamoalarning himoyaga köproq e'tibor qaratib, tartibli öyin evaziga ança yuqori örinlargaça yetib borganliklarini oldin ham körardik. Masalan, JÇ-2014 turniridagi Kosta-Rika. Lekin bu safar faqat Kosta-Rika yoki Şvetsiya emas, turnir favoritlari ham köproq himoyaga e'tibor berişgani, çiroyli futbol bilan hammani rom qiliş emas, ğalaba qozoniş uçun, öynaş emas, kuraşiş uçun maydonga tuşişgani közga taşlandi.
Turnirning eng kuçli terma jamoalari bölgan Fransiya va Braziliya yorqin misol. Bu jamoalar tarkibida Neymar, Pogba, Mbappe, Koutino kabi individuallar bölişiga qaramasdan, bu futbolçilarning har biri jamoaviy futbol, murabbiy körsatmalari uçun öz uslublaridan biroz çekinişdi.
Hatto Belgiya ham, Tunis va Panamaga qarşi öyinlarda pozitsion öyin körsatib, jiddiy öyinlarga kelganda sxemasini özgartirdi – Mertens örniga yarim himoyaga bir öyinçini çiqariş orqali, asosan himoyadan tezkor hujumga asoslangan 4-3-3 sxemasiga özgardi.

Xuddi şu fikrni Fransiyaga nisbatan ham işlatişimiz mumkin. Esingizda bölsa, Avstraliyaga qarşi dastlabki öyinda Fransiya oldinda Dembele – Mbappe – Grizmann uçligi bilan, köproq kombinatsion futbol va örta masofadagi paslarga asoslanib öynaşga harakat qilgan edi. Va aynan öşa öyin Fransiyaning uçun köproq qiyinçilik tuğdirgandi. Keyin esa, Deşam Dembele örniga «targetmen» tuşirişga qaror qildi – Jiru asosiy tarkibda, Mbappe va Grizmann endi orqaroqdan harakat qilib, zonalar oçiş bilan şuğullanişdi. Pogbaning vazifasi raqib jarima maydoni yaqinida töpni nazorat qiliş emas, tezda böş zonalarga yetkaziş böldi.



















