Pompeo Moskva va Vashington munosabatlari uchun Rossiyani javobgar qildi
AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo AQSh prezidenti Donald Tramp va Rossiya prezidenti Vladimir Putin uchrashuvi arafasida ayni paytda Moskva va Vashington orasidagi munosabatlar Rossiyaga bog‘liq ekanligini aytdi. U bu haqda o‘zining Twitter sahifasida yozdi.
«Rossiya hukumati bilan munosabatlarning yaxshilanishi barchaga foydali, ammo hozirda to‘p Rossiya tomonida», — dedi davlat kotibi. U AQSh «zararli harakatlar» uchun javobgarlikni Moskva zimmasiga yuklashda davom etishini aytdi.
Pompeo shuningdek, bugun, 16 iyul kuni Xelsinkida u hamkasbi, tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashishini ma'lum qildi.
Tramp Putin bilan prezident saroyining gotik zalida yakkama-yakka uchrashuv o‘tkazadi. Rossiya tashqi ishlar vaziri ikki davlat yetakchisining muzokaralari davomida ular yonida faqatgina tarjimonlar bo‘lishadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Putin ingliz tilini biladi, ammo bu «uning fikrlari yanada aniqroq yetkazilishi» uchungina kerak bo‘ladi. Rossiya va Amerika rahbarlarining uchrashuvidan so‘ng ikki davlat delegatsiyalari o‘rtasida muzokaralar o‘tkaziladi.
Putin bilan uchrashuvi arafasida Tramp Vashingtonning Moskva bilan munosabatlari yaxshilanishiga Rossiyaning Amerikadagi saylovlarga ehtimoliy aralashuvi bilan bog‘liq «jodugar ovi» xalal bermoqda.
«O‘ylashimcha, ruslar bilan aloqalarni yaxshilash yaxshi, ammo bunday bo‘lmasligi ham mumkin», — dedi AQSh yetakchisi CBS telekanaliga intervyusida. U Rossiya prezidenti bilan uchrashuvdan ko‘p narsani kutmayotganligini qo‘shib qo‘ydi.