Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Qirg‘iziston yana 2 uchastkada chegara chizig‘ini belgilab oldi
9-15 iyul kunlari Qirg‘izistonning O‘sh shahrida Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston va Qirg‘iziston delegatsiyalari ishchi guruhlarining navbatdagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Muzokaralar chog‘ida 2-7 iyul kunlari O‘zbekistonning Namangan va Farg‘ona viloyatlari bilan Qirg‘izistonning Botkent va Jalolobod viloyatlari tutashgan hududlarda joylashgan uchastkalarda o‘tkazilgan qo‘shma dala tekshiruvlarining yakunlari ko‘rib chiqildi.
«Qo‘shma dala tekshiruvlari natijasida ikki hududdan, jumladan G‘ova uchastkasi va qisman G‘ovasoydan o‘tuvchi chegara chizig‘i belgilandi», - deyiladi xabarda.
Muzokaralar yakunida tegishli bayonnoma imzolangan.
Mavzuga oid
21:06 / 07.07.2026
Qirg‘izistonda uchish chog‘ida samolyotning shassisi sindi
20:20 / 06.07.2026
Qirg‘iz-o‘zbek chegarasida korrupsiyaga qarshi maxsus operatsiyada o‘nlab xodimlar ushlandi
14:26 / 05.07.2026
Afg‘onistondan dronda narkotik olib o‘tishning oldi olindi
22:31 / 02.07.2026