2017 yil sentabr oyidan Özbekistonda valyuta konvertatsiyasi yölga qöyildi. Mamlakat huquq-tartibot tizimlariga “qorabozor”ni yöq qiliş böyiça jiddiy topşiriqlar berildi. Respublikada faoliyat yurituvçi barça tijorat banklariga valyuta konvertatsiyasi böyiça xizmatlar körsatişda qator yengilliklar taqdim etildi.
Xöş, bu öz samarasini bermoqdami? Yöq, deyişga asoslar bor. Ma'lum va maşhur Urgut savdo kompleksida birorta tijorat bankining valyuta ayirboşlaş şoxobçasi yöq.
Carroflar-valyutafuruşlar esa erkin faoliyat körsatmoqda. Ammo faqat şu bozorda bunday holatga duç kelasiz, deyiş notöğri bölar edi. Samarqandning sayyohlar orasida maşhur Siyob bozorida fuqarolar uçun qulay joyda valyuta ayirboşlaş şoxobçasini topa olmadik. Bu yerda ham sarroflar muşkulingizni oson qilmoqda.

Afsuski, poytaxt Toşkentda ham şu ahvol. Çorsu, Farxod bozori va boşqa yirik bozorlarda bunga guvoh böliş mumkin. Sarroflar qöllarida pul bilan bemalol yurişadi.
Bunga qanday çek qöyiş mumkin? Nahotki, huquq-tartibot idoralari körmayotgan bölsa? Balki valyutafuruşlarni ham soliq bazasiga qöşiş uçun ularga litsenziya beriş kerakdir?















