Jahon | 08:30 / 17.07.2018
4503
1 daqiqa o‘qiladi

Meksikada o‘g‘irlab ketilgan radioaktiv konteyner bir hafta o‘tgach topildi

Foto: AP/ Gustavo Aguado

16 iyulda Meksika fuqarolik mudofaasi milliy xizmati avvalroq o‘g‘irlab ketilgan radioaktiv konteyner topilganini ma'lum qildi. 

Ichida iridiy-192 radioaktiv elementi bo‘lgan konteyner Mexikoda 8 iyulda o‘g‘irlab ketilgan. Shundan keyin konteyner paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan 11 ta shtatda trevoga e'lon qilingan.

Konteyner topilgach, trevoga ham bekor qilindi. Hukumat konteyner uni o‘g‘irlaganlarga xavf solishi mumkinligini ma'lum qilgan. Yuk noma'lum kishi tomonidan anonim qo‘ng‘iroq bo‘lgach topilgan.

Radioaktiv materiallar o‘g‘irlanishi Meksikada tez-tez uchrab turadi. 2017 yilda va 2018 yil fevralida Meksikada shunday o‘g‘irliklardan bir nechtasi sodir etilgan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid