Jahon | 09:40 / 18.07.2018
4892
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Shimoliy Koreyani yadroviysizlanishda vaqt bilan cheklamaydi – Tramp

Foto: AP Photo/Susan Walsh

AQSh Shimoliy Koreyaga yadroviy qurolini yo‘q qilishida hech qanday muddatlar qo‘ymaydi. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp aytib o‘tdi.

“Bizda vaqt cheklovlari, sur'atlar bo‘yicha cheklovlar yo‘q”, deb aytgan Tramp jurnalistlarga. Shu bilan birga Tramp bu masalaning muhokamasi “juda yaxshi kechayotganini” aytgan.

Tramp Shimoliy Koreya muammosini Xelsinkida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muhokama qilganini ma'lum qilgan. “Prezident Putin bu jarayonga qo‘shilishga tayyorligini aytgan, ya'ni u biz bilan birga”, deb aytgan Tramp. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid