Ichki ishlar vaziridan organ xodimlariga kutubxona va «Damas»
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov va Samarqand viloyat IIB boshlig‘i Aziz Toshpo‘latov viloyat ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi IIVning reabilitatsiya markazida bo‘lishdi, deb xabar bermoqda viloyat IIV matbuot xizmati.
Rahbarlar bu shifo maskanida salomatligini tiklayotgan osoyishtalik posbonlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishib, o‘zlarining tegishli tavsiyalarini berishdi.
Ichki ishlar vaziri, general-mayor Po‘lat Bobojonov tomonidan kitob inson tafakkurining mahsuli va tarix solnomasi ekanligini ta'kidlab, kutubxonani yanada boyitish uchun yigirma million so‘m mablag‘ ajratilganini e'lon qildi.
Po‘lat Bobojonov davolash profilaktik muassasasida salomatligini tiklayotgan ichki ishlar xodimlariga yangi, zamon talablariga javob beradigan kutubxonani tuhfa etdi. Ushbu ziyo maskaniga qimmatbaho turdagi turli badiiy-adabiy, ilmiy hamda diniy kitoblar taqdim etildi.
E'tirof etish joizki, mazkur davolash muassasasida davolanayotgan ichki ishlar organlari xodimlariga yana bir qulaylik yaratildi. Endi ular ushbu maskanda davolanish bilan bir qatorda qadimiy shahardagi tarixiy obidalariga sayyohat qilishlari uchun IIV rahbari tomonidan «Damas» avtomashinasi topshirildi.
Shuningdek uchrashuvda reabilitatsiyada shifo topayotgan ichki ishlar xodimlari uchun bir piyola choy tashkil etildi hamda ularga konsert dasturi namoyish etildi.
Mavzuga oid
00:09 / 01.09.2024
Florida kutubxonalarida Heminguey va Tolstoy asarlari taqiqlanayotgani ma’lum bo‘ldi
16:36 / 23.07.2024
Xalq ziyoli bo‘lishi uchun bolalar kitob o‘qishi kerak – hukumat bunda qanday ishtirok etadi?
17:36 / 30.04.2024
Banklar Toshkentdagi 100 ta mahallada kutubxona tashkil etadi
11:31 / 06.04.2024