Ma’lumotlarga köra, mamlakat kutubxonalari fondi 85 mln nusxa naşrdan iborat. Foydalanuvçilar soni 12,8 mln kişi: şularning 31,6 foizi — 14 yoşgaça, 45,9 foizi — 15–24 yoşdagilar, 22,6 foizi — 25 yoş va kattalar.
Hududlar kesimida kutubxonalar soni quyidagiça:
- Farğona viloyati — 2 108 ta;
- Samarqand viloyati — 1 863 ta;
- Qaşqadaryo viloyati — 1 476 ta;
- Toşkent viloyati — 1 467 ta;
- Surxondaryo viloyati — 1 159 ta;
- Andijon viloyati — 1 065 ta;
- Qoraqalpoğiston Respublikasi — 934 ta;
- Namangan viloyati — 891 ta;
- Jizzax viloyati — 868 ta;
- Buxoro viloyati — 764 ta;
- Xorazm viloyati — 688 ta;
- Toşkent şahri — 701 ta;
- Sirdaryo viloyati — 526 ta;
- Navoiy viloyati — 489 ta.
Statistikaga barça ta’lim muassasalari kutubxonalari, mahalliy hokimiyatlar axborot-resurs markazlari hamda vazirlik va idoralarga qaraşli axborot-kutubxona markazlari kiritilgan.









