Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Samarqandda yangidan oçilişi közda tutilgan Bolalar kutubxonasi konsepsiyasi bilan tanişdi.

«U 1911 yilda barpo etilgan tarixiy binoda joylaşadi. Toşkentdagi kutubxona singari uşbu inşoot ham madaniy öziga xosligi va davr ruhi saqlangan holda, ehtiyotkorlik bilan restavratsiya qilinadi.

Uşbu dargoh bolalar, ösmirlar, ularning ota-onalari va ustozlari uçun çinakam ijodiy maskanga aylanadi. Loyihada inklyuzivlikka alohida e’tibor qaratilgan: közi ojiz va zaif köruvçi bolalar uçun audiofond taşkil etiş rejalaştirilgan.

Kutubxona fondi özbek, ingliz va rus tillarida jami 120 000 jild kitobni öz içiga oladi.

Bu Samarqand ahli uçun ajoyib, ma’naviy boylikka töla jozibador maskan bölişi şubhasiz. Loyihaga muvaffaqiyat tilab qolaman!», deb yozdi Saida Mirziyoyeva.