Rossiyalik Mariya Butina AQShga qarshi jinoyat qilishda ayblanmoqda
AQShda hakamlar hay'ati rossiyalik Mariya Butinani fitna va ro‘yxatdan o‘tmasdan xorijiy agent sifatida faoliyat ko‘rsatganlikda aybladi.
Avvalroq Butina ro‘yxatdan o‘tmasdan xorijiy agent sifatida ishlash maqsadida bo‘lganlikda ayblangandi. Ikkinchi ayblov bo‘yicha u 10 yilgacha qamalishi mumkin.
«2015 yil yoki undan avvalroq va hozirga qadar Butina hamda hakamlar hay'atiga ma'lum va noma'lum shaxslar Kolumbiya okrugi va boshqa joylarda AQShga qarshi jinoyat sodir etish uchun til biriktirishgan», — deyiladi ayblov xulosasida.
Kalta stvolli qurol olib yurish tarafdori sifatida nom chiqargan Mariya Butina AQShda 2015-2016 yillardagi saylovoldi davrida respublikachilar partiyasi va Kreml o‘rtasida «norasmiy aloqa kanali» yaratishga urinishda ayblanmoqda. Gumon qilinishicha, u bu borada Markaziy bank raisi o‘rinbosari va sobiq senator Andrey Torshin bilan hamkorlik qilgan.
Mavzuga oid
22:32 / 25.10.2019
Josuslikda ayblangan rossiyalik Mariya Butina AQShda ozod etildi
12:14 / 25.07.2018
Rossiya va AQSh elchilari Butina bilan uchrashishadi
16:58 / 24.07.2018
Rossiyalik milliarder josuslikda ayblanayotgan Butinaning harakatini ikki yil moliyalashtirgan
12:06 / 23.07.2018