Jahon | 12:14 / 25.07.2018
10816
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya va AQSh elchilari Butina bilan uchrashishadi

Rossiya FederatsiyasiningAQShdagi elchixonasi ma'muriyati o‘tgan haftada Vashingtonda hibsga olingan rossiyalik Mariya Butinani ko‘rishga borishmoqchi. Bu haqida elchixona matbuot xizmati Twitter sahifasida e'lon qildi.

«Mariyani ko‘rishga haftada bir marta borishimiz haqida u bilan kelishib oldik. Keyingi tashrifimiz 26 iyulda bo‘lib o‘tishi haqida qamoqxona ma'muriyati bilan kelishib oldik. Shuningdek, u yerda Mariya nomiga maxsus qamoqxona hisobi ochilishi kerak. Bu bilan u Rossiyadagi qarindoshlari, elchixonaga qo‘ng‘iroq qilishi mumkin bo‘ladi. Birinchi o‘rindagi vazifa Mariyaga yuridik yordam berilishi lozim. Ushbu harakatlar xalqaro huquq normalari va AQSh qonunchiligi doirasida bo‘ladi. Konsullik Rossiya fuqarolari huquq va manfaatlarini himoya qiladi», deya xabar qildi diplomatlar.

Bundan avval konsul xodimlari 19 iyulda Butinani oldiga borishgandi. 15 iyul kuni qo‘lga olingan 29 yoshli Butinaga ikkita ayb qo‘yilgan: birinchisi AQShda xorijiy davlatlar bilan fitna uyushtirgani bo‘yicha, ikkinchisi bu ishlarni AQSh Adliya vazirligiga chet el agenti sifatida ro‘yxatdan o‘tmasdan amalga oshirgani.

18 iyul kuni Vashington Federal sudida o‘tkazilgan majlisda Rossiya fuqarosiga nisbatan vaqtinchalik hibsga olish chorasi qo‘llangan. Qaror sudya Debora Robinson tomonidan chiqarilgan. Rossiyalik advokat Robert Nil Driskoll Mariyani ozod qilishga va'da bergan.

 

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid