Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon chempionatining muxlislar tanlagan ramziy terma jamoasiga Ronaldu kiritildi, Messi yo‘q
FIFA muxlislar ishtirok etgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, JCh-2018 ramziy terma jamoasini e'lon qildi.
Tashkilot saytida o‘tkazilgan ovoz berish jarayoni 15 iyulda yakuniga yetdi.
Qizig‘i shundaki, undan musobaqani nimchorakfinalda tark etgan Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu ham joy oldi. Shu bosqichda musobaqa bilan xayrlashgan Argentina yetakchisi Lionel Messi esa tarkibga kirolmadi.
Ramziy terma jamoa tarkibi quyidagicha:
Tibo Kurtua (Belgiya) - Rafael Varan (Fransiya), Tyago Silva (Braziliya), Diyego Godin (Urugvay), Marselo (Braziliya) - Luka Modrich (Xorvatiya), Filippe Koutino (Braziliya), Kevin De Bryoyne (Belgiya) - Kilian Mbappe (Fransiya), Xarri Keyn (Angliya), Krishtianu Ronaldu (Portugaliya).
Mavzuga oid
19:17 / 12.07.2026
Infantino yana JCh ishtirokchilari sonini oshirish g‘oyasi haqida gapirdi
14:43 / 07.07.2026
Tramp Infantinodan Balogunga jazoni bekor qilishni so‘raganini tan oldi
19:48 / 06.07.2026
«Qizil chiziqdan o‘tildi». UYeFA Infantinoni ag‘darmoqchi
17:52 / 03.07.2026