Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Airbus Farnborodagi aviasalonda 430 dan ko‘proq samolyotga buyurtma oldi
Foto: Flickr
Yevropaning Airbus aviakonserni London yaqinidagi o‘tayotgan “Farnboro-2018” aviasalonida 431 ta samolyotga buyurtma oldi.
“Farnborodagi xalqaro aviasalon doirasida Airbus umumiy hisobda 431 ta samolyotga buyurtma oldi. Olingan buyurtmalar 93 ta samolyotning yetkazib berilishiga qat'iy shartnoma hamda 338 ta samolyotning sotib olinishi bo‘yicha o‘zaro hamfikrlik memorandumini o‘z ichiga oladi”, deb aytilgan kompaniya xabarida.
Imzolangan shartnomalarning katta qismi A320 oilasi samolyotlariga to‘g‘ri kelgan. Aviasalon vaqtida ushbu oilaga tegishli 304 ta samolyotga buyurtma olingan. Bundan tashqari, Airbus tor fyuzelyajli 60 ta A220-300’ga, 42 ta A330neo’ga va 25 ta keng fyuzelyajli A350 XWB’ga buyurtma olgan.
Farnborodagi aviasalon yakunlariga ko‘ra, Airbus’ning ushbu yilgi buyurtmalari portfeli 752 ta samolyotgacha yetgan.
Mavzuga oid
07:48 / 05.02.2026
Jahon aviabozoridagi talab: Boeing va Airbus’ning 2025 yilgi buyurtma kitobi
18:02 / 13.01.2026
Shavkat Mirziyoyev Chirchiq aviatsiya ta’mirlash zavodi faoliyati bilan tanishdi
18:39 / 29.11.2025
UzAirways Airbus A320/321 samolyotlarining dasturiy ta’minotini o‘zgartirdi
17:35 / 29.11.2025