Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Putin bilan yana uchrashish istagini bildirdi
AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan yangi uchrashuv o‘tkazish istagini bildirdi. U bu haqda 19 iyulda tvitterdagi sahifasida ma'lum qildi.
Trampning aytishicha, Xelsinkidagi sammit ba'zi “yolg‘onchi nashrlar” tomonidan qanday taqdim qilinishiga qaramasdan, juda muvaffaqiyatli o‘tgan. “Biz muhokama qilgan hajmdagi bir qator masalalarni, jumladan terrorchilikka qarshi kurash, Isroil xavfsizligi, yadroviy qurolni tarqatmaslik, kiberhujumlar, savdo, Ukraina, Yaqin Sharqdagi tinchlik, Shimoliy Koreya va boshqa masalalarni amalga oshirishni boshlash mumkin bo‘lishi uchun yangi uchrashuvimizni kutib qolaman”, deb aytgan Tramp.
Tramp qo‘yilgan savollarga ko‘plab javoblar borligini, ulardan ba'zilari murakkab, ba'zilari oson ekanligini qo‘shimcha qilgan. “Biroq ularning BARChASI hal qilinishi mumkin”, deb yozgan Tramp.
Tramp va Putinning ilk to‘liq formatli uchrashuvi Xelsinkida 16 iyulda bo‘lib o‘tgan. Muzokaralar 4 soatga yaqin davom etgan.
Mavzuga oid
08:29 / 18.06.2026
Putinga yaqin deb hisoblangan biznesmen qamoqqa olindi
10:45 / 16.06.2026
Zelenskiy Putinga G7 sammitida uchrashuv o‘tkazishni taklif qildi
08:59 / 15.06.2026
Zelenskiy G7 sammitida Tramp bilan uchrashishini ma’lum qildi
10:02 / 13.06.2026