O‘zbekiston va Eron xavfsizlik idoralari rahbarlari muzokara o‘tkazdi
O‘zbekiston va Eron xavfsizlik organlari rahbarlari Tehronda Afg‘oniston masalasida muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda 19 iyul, payshanba kuni Islom Respublikasi yangiliklar agentligi xabar tarqatdi.
Xabarda aytilishicha, milliy xavfsizlik bo‘yicha Eron Oliy Kengashi kotibi Ali Shamxani Afg‘oniston va Markaziy Osiyoda IShID terrorchilik guruhi faoliyatining kengayib borayotganidan xavotir bildirib, o‘z mamlakati terrorizmga qarshi kurashdagi tajribasini mintaqaning boshqa davlatlari bilan bo‘lishishga tayyorligini ma'lum qilgan. U o‘zbekistonlik hamkasbi Viktor Mahmudov bilan suhbat chog‘ida Eron O‘zbekiston bilan siyosiy, harbiy va iqtisodiy sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni kuchaytirish istagida ekanini bildirgan.
Eron rasmiysi prezident Shavkat Mirziyoyev olib borayotgan siyosatni ma'qullab, ikkala davlat Markaziy Osiyo respublikalari o‘rtasida yuqori darajadagi hamkorlik muhitini yaratishda ishonchli hamkor bo‘lishi mumkinligini qayd etgan.
«Eron va O‘zbekiston birgalikdagi sa'y-harakatlari, o‘zaro hamkorlikni faollashtirish va milliy birlikka ega hukumatni qo‘llab-quvvatlash orqali Afg‘onistondagi xavfsizlik va iqtisod sohalarida o‘sishga erishishi mumkin», - deya qayd etdi Shamxani.
O‘z navbatida, O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi Viktor Mahmudov Afg‘oniston hukumatini qo‘llab-quvvatlash uchun mintaqa miqyosida jiddiy choralar ko‘rish zarurligini ta'kidladi.
Har ikki tomon ham iqtisod, transport, energetika va xavfsizlik sohalarida mavjud imkoniyatlardan yanada kengroq foydalanish maqsadga muvofiq ekanini qayd etib, konstruktiv ruhdagi munosabatlarga uchinchi tomonning aralashuvi bo‘lmasligi kerakligiga kelishib olishdi.
Mavzuga oid
10:05 / 16.11.2024
YeI Rossiya uchun ballistika tufayli Eronga qarshi sanksiyalar tayyorladi
20:37 / 15.11.2024
Isroil Erondagi maxfiy yadro laboratoriyasini yo‘q qildi - OAV
00:51 / 15.11.2024
Pizishkiyon: Eron yadro qurolini yaratmaydi
19:32 / 07.11.2024