Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bojlar jangi. Tramp 500 mlrd dollarlik qadamga tayyor turibdi
AQSh prezidenti Donald Trampning ma'lum qilishicha, XXR tovarlariga qiymati 500 mlrd dollar bo‘lgan bojlar joriy etishga tayyor turibdi. Bu haqda CNBC xabar bergan.
«Men 500 mlrd dollarlik qadamni qo‘yishga tayyor turibman», - dedi Tramp.
Ta'kidlanishicha, so‘nggi bir yil ichida Xitoy tovarlarining AQShga importi 505,5 mlrd dollarga baholanmoqda.
Avvalroq, Xitoy Jahon savdo tashkilotiga murojaat bilan chiqqani xabar qilingandi. Bu AQSh Xitoy tovarlariga 200 mlrd dollarlik qo‘shimcha bojlar joriy etish niyatida ekani tufayli yuz bergani aytiladi.
Ma'lum bo‘lishicha, AQSh prezidenti ma'muriyati Xitoydan tovarlarga qiymati 200 mlrd dollar bo‘lgan yangi bojlar joriy etishga qaror qildi. OAV ma'lumotlariga ko‘ra, Oq uy Amerika tovarlariga 25 foizlik bojlar joriy etgan Xitoyning harakatlariga javoban buni amalga oshiradi.
Mavzuga oid
22:32 / 17.06.2026
Tramp Rossiya va Xitoyni «butun dunyoni portlatib yubormaslik» uchun yadroviy kelishuvga chaqirdi
20:41 / 17.06.2026
Xitoyning yirik neft-gaz kompaniyasi top-menejeri pora uchun o‘limga hukm qilindi
17:47 / 17.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Xitoyning yetakchi kompaniyalari va moliya institutlari delegatsiyasi bilan uchrashdi
09:56 / 16.06.2026