O‘zbekiston | 19:45 / 20.07.2018
8329
2 daqiqa o‘qiladi

Po‘lat Bobojonov Bokuda, MDH Ichki ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi

Foto: IIV axborot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, general-mayor Po‘lat Bobojonov boshchiligidagi delegatsiya 20 iyul kuni Ozarboyjon Respublikasining Boku shahrida o‘tkazilgan MDHga a'zo davlatlarning ichki ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.

Ishchi yig‘ilishda Ozarboyjon, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston,  Moldova, Tojikiston, Turkmaniston, Rossiya Federatsiyasi, MDH Ijroiya qo‘mitasi, MDHga a'zo davlatlar hududlarida uyushgan jinoyatchilik va jinoyatlarning boshqa xavfli turlari bilan  kurashishni muvofiqlashtirish byurosi, Interpol va Markaziy Osiyo mintaqaviy axborot va muvofiqlashtirish markazi vakillari ishtirok etdi. Uchrashuvda ilgari tasdiqlangan kun tartibiga muvofiq 10ta masala muhokama qilindi.

Kengashda so‘zga chiqqan Po‘lat Bobojonov yig‘ilganlarga respublikada shuningdek,  ichki ishlar organlari tizimlarida o‘tkazilayotgan keng  ko‘lamli islohotlar yuzasidan axborot berdi.

Jumladan, vazir 2017 yilda O‘zbekiston Respublikasi tomonidan MDH Davlat rahbarlari kengashi va hukumat rahbarlari kengashi tomonidan tasdiqlangan qarori, davlatlararo turli turdagi jinoyatlar bilan kurashish dasturi ijrosini bajarilishini natijalari haqida tanishtirdi.

Foto: IIV axborot xizmati

Kun tartibidagi masalalarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha MDH ichki ishlar vazirlar kengashining tegishli qarorlari imzolandi. MDH Ichki ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi  2019 yilda O‘zbekiston Respublikasida bo‘lib o‘tadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid