Jahon | 09:20 / 20.07.2018
15690
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp Putinning amerikaliklarni so‘roq qilish taklifini rad etdi va rossiyaliklarni so‘roq qilish niyatini bildirdi

Foto: Sergey Guneyev / RIA Novosti

AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putinning fuqarolarni o‘zaro asosda so‘roq qilish imkoniyati haqidagi taklifini rad etdi, ammo 12 nafar rossiyalik AQShga tergov berish uchun kelishlarini kutayotganligini bildirdi. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Sara Sanders ma'lum qildi, deb xabar bermoqda The Hill.

«Tramp Putinning chin dildan aytilgan taklifini rad etadi. Umid qilamizki, prezident Putin ayblanayotgan rossiyaliklarning Qo‘shma Shtatlarga aybdor yoki aybsiz ekanliklarini isbotlash uchun kelishlariga ruxsat beradi», — dedi u.

Rossiya tomoni sirtdan hukm qilingan Hermitage Capital fondi rahbari Uilyam Brauderni hamda AQShning Rossiyadagi sobiq elchisi Maykl Makfolni so‘roq qilmoqchi. AQSh o‘z navbatida razvedkachi deb e'lon qilingan va 2016 yilgi prezident saylovlariga aralashishda ayblangan 12 nafar rossiyalikni tergov qilishga qiziqmoqda.

Putin 16 iyul kuni Xelsinkida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda o‘zaro tergov o‘tkazish taklifini bergandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid