Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada IShID «harbiy vaziri»ning turmush o‘rtog‘i ushlandi, u chechenistonlik ekani aytilyapti
Turkiyaning Istanbul shahrida politsiya Checheniston Respublikasi Federal migratsiya xizmati boshqarmasi sobiq rahbari Asu Dudurkayevning qizi va IShID terrorchilik guruhi yetakchilaridan birining turmush o‘rtog‘i Seda Dudurkayevani hibsga oldi. Bu haqda Turkiyaning Vatan gazetasi yozmoqda.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Dudurkayeva terrorchilikka qarshi reyd davomida IShID bilan aloqalar uchun qo‘lga olingan besh shaxsdan biri bo‘ldi. Nashrning bildirishicha, uning turmush o‘rtog‘i IShID «harbiy vaziri» Abu Umar Shishoniy sanaladi. Qo‘lga olingan yana ikki shaxs, taxminlarga ko‘ra, Shishoniyning o‘g‘illaridir.
Sedaning otasi Asu Dudurkayev 2013 yilda qizi sabab o‘z lavozimidan chetlatildi. Checheniston rahbari Ramzon Qodirovning ma'lum qilishicha, uning qizi «tinch aholi qonini to‘kkan, Suriyada islom dinining muqaddas joylarini portlatgan jinoyatchilar safiga kirib qolgan».
Mavzuga oid
17:32
Turkiyada o‘ldirilgan o‘zbek ayollari: fojia qayerda boshlanyapti?
18:17 / 15.06.2026
Turkiyaning zilziladan jabrlangan Hatay viloyatida O‘zbekiston mahallasi ochildi
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026