O‘zbekiston | 14:10 / 20.07.2018
6233
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Tojikiston temir yo‘l kompaniyalari tranzit safarlar bo‘yicha kelishib oldi

Usmon Qalandarzoda/Foto: Asia-Plus

Tojikiston va O‘zbekiston temir yo‘l kompaniyalari vakillari O‘zbekiston hududida tranzit poyezdlarning yo‘lovchilari uchun chiptalarni sotish va chiqarish/tushirish bo‘yicha kelishib oldilar. Bu haqda «Tojikiston temir yo‘llari» raisi o‘rinbosari Usmon Qalandarzoda ma'lum qildi, deb xabar bermoqda «Aziya-plyus».

«Uzoq vaqt davomida hal qilinishi zarur bo‘lgan masalalardan biri - O‘zbekiston hududida Tojikiston poyezdlarining yo‘lovchilarini chiqarish - tushirish va chiptalarni sotish edi. Ma'lum vaqt davomida davlatlarning huquqni muhofaza qilish idoralari turli sabablarga ko‘ra o‘z roziligini bermagan. Biroq, Tojikiston va O‘zbekiston transport sohasi vakillarining yaqinda bo‘lib o‘tgan uchrashuvida kelishuvlarga erishildi», - dedi u. 

«Tomonlar yo‘lovchilarni tushirish-chiqarish va chiptalarni sotish bo‘yicha teng huquqli asosda kelishib oldilar», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Tojikiston Transport vazirligi rahbari Xudoyor Xudoyorov.

Qalandarzodaning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda ushbu masalani tartibga solish uchun muayyan rasmiyatchiliklarga amalga qilish va alohida hujjatni qabul qilish kerak. 

Mavzuga oid