Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘oniston milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi YeI va Britaniya elchilari bilan uchrashdi
Afg‘onistonning milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Muhammad Hanif Atmar Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi rahbari Per Mayodon va Buyuk Britaniya elchisi Nikolas Keyni qabul qildi. Bu haqda Afg‘oniston milliy xavfsizlik xizmati xabar qilmoqda.
Ma'lum qilinishicha, har ikkala uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad NATOning “Hal qiluvchi ko‘magi” missiyasini muhokama qilishdir. Muzokaralar afg‘on kuchlarini birlashtirish va mamlakatda tinchlik o‘rnatish haqida bo‘lishi nazarda tutilgan.
Xususan, Per Mayodon Afg‘oniston politsiyachilari (jumladan, ayol xodimlar)ni o‘qitish va malakasini oshirish kerakligi va ushbu sa'y-harakatlar inson huquqlarini himoya qilish nuqtayi nazaridan juda muhimligini ta'kidlagan. Rasmiy xabarda aytilishicha, keyingi navbatda mamlakatning strategik rejasi haqida gap ketdi. Key afg‘on hukumatining Tolibon harakati a'zolari bilan tinchlik muzokaralarini o‘tkazishini qo‘llab-quvvatladi va bu kabi tashabbus keyinchalik ham davom etishidan umid qildi.
Mavzuga oid
09:05 / 17.06.2026
Afg‘onistondan olib kirilgan 37,6 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi
10:50 / 12.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida qo‘shimcha temiryo‘l qurilishi mumkin
11:30 / 11.06.2026
Afg‘oniston–Pokiston mojarosiga qaramay, Kobul koridorini qurish loyihasi davom etmoqda
17:54 / 10.06.2026