Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Eron AQShga qarshi keng ko‘lamli kiberhujumga tayyorlanmoqda»
Eron AQShga qarshi keng ko‘lamli kiberhujumlarni amalga oshirish uchun barcha kerakli qurilmalarni tayyorlab qo‘ydi. Bu haqda NBC News manbalarga asosan xabar bermoqda.
Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, eronlik hakerlar AQSh va Yevropada davlat hamda xususiy kompaniyalar infratuzilmasiga hujum uyushtirishi mumkin.
Ta'kidlanishicha, AQSh hukumati o‘z ittifoqchilarini Eron tomonidan ehtimoliy kiberhujumlar yuz berishi mumkinligi borasida ogohlantirgan.
Shu bilan birga, Vashingtondagilar tahdidni «muqarrar» deb hisoblashmoqda.
Avvalroq OAV AQShda shaharlar ma'muriyati kompyuter tizimlariga hakerlik hujumlari soni ko‘payib borayotgani haqida xabar bergandi.
Mavzuga oid
12:58
Toshkent AQSh va Eron o‘rtasidagi diplomatik yutuqni yuqori baholadi
08:37
Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi cheklovlar olib tashlandi, muzokaralar boshlandi
22:16 / 18.06.2026
AQSh vitse-prezidenti Ho‘rmuz bo‘g‘ozi blokadasi ochilganini e’lon qildi
21:12 / 18.06.2026